Mahsulot qo‘llanmasi

EasyFinder(Beta) qanday ishlaydi?

Yangilangan sana: 2026-yil 13-avgust

1. Takliflarni yig‘ish

Tizim belgilangan Telegram kanallarining so‘nggi xabarlarini muntazam tekshirib turadi. Hozir ikkita kanal kuzatilmoqda va har biridan oxirgi 50–100 ta xabar olinadi. Tekshiruv chastotasi, manbalar ro‘yxati va xabarlar soni administrator tomonidan sozlanadi hamda vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin.

Avval yozilgan xabar qayta olinmaydi: har bir post noyob identifikatorga ega va faqat bir marta tahlil qilinadi.

2. Sun’iy intellekt orqali ajratish

Har bir e’lon Anthropic Claude modeliga yuboriladi va undan to‘rtta maydon ajratiladi: davlat yoki shahar, narx va valyuta, jo‘nash sanasi hamda davomiylik (kunda). Dastlabki uchtasi aniq bo‘lmasa, tur katalogga chiqarilmaydi — model taxmin qilishi taqiqlangan. Davomiylik aniqlanmasa, tur ko‘rsatiladi, lekin maydon bo‘sh qoladi.

Bitta xabarda bir nechta mustaqil taklif bo‘lsa (masalan bir nechta jo‘nash sanasi yoki bir nechta mehmonxona darajasi), ularning har biri alohida tur sifatida saqlanadi.

Davomiylik faqat kunlarda ko‘rsatiladi va faqat e’londa ochiq yozilgan bo‘lsa yoki jo‘nash–qaytish sanalaridan aniq hisoblansa to‘ldiriladi. E’londa faqat kechalar soni berilgan bo‘lsa (masalan “6 kecha”), undan kun soni chiqarilmaydi — bunday holatda maydon bo‘sh qoladi. Sabab: kanallar kunni turlicha sanaydi va taxminiy raqam noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin.

Qaytish sanasi, ovqatlanish turi va mehmonxona nomi ajratilmaydi va ko‘rsatilmaydi.

3. Sana filtri

Faqat bugundan kamida 4 kun keyin jo‘naydigan takliflar faol katalogga kiritiladi. Jo‘nash sanasi o‘tgan turlar tozalash jarayonida bazadan chiqariladi.

4. Tahrirlangan e’lonlar

Tur operatori ko‘pincha yangi post yozish o‘rniga mavjud e’lonni tahrirlaydi — masalan narxni o‘zgartiradi. Shuning uchun tahrirlarni topish uchun alohida muntazam tekshiruv o‘tkaziladi.

Tekshiruvga katalogda faol turi bor barcha e’lonlar (e’lon qanchalik eski bo‘lishidan qat’i nazar) va oxirgi 50–100 ta xabar kiradi. Har bir e’lon matni oldingi holati bilan solishtiriladi; matn o‘zgargan bo‘lsa e’lon qaytadan tahlil qilinadi va turdagi ma’lumot yangilanadi. Bunda turning ko‘rishlar, like va comment ko‘rsatkichlari saqlanib qoladi.

Matni o‘zgarmagan e’lon qayta tahlil qilinmaydi.

Shunga qaramay, tahrir bilan katalogdagi yangilanish orasida ma’lum vaqt o‘tadi. Bron qilishdan oldin narx va shartlarni asl e’londan tekshirish zarur.

5. Rasmlar

Telegram xabaridagi media mavjud bo‘lsa, rasm yuklab olinib cardda ko‘rsatiladi. Rasm bo‘lmasa, loyiha belgisi ishlatiladi. Asl kanal username’i rasm ustida ko‘rsatiladi.

6. Qidiruv va filterlar

Foydalanuvchi matn bo‘yicha qidirishi hamda bir yoki bir nechta davlat va kanal, narx oralig‘i hamda jo‘nash sanasi bo‘yicha filter qo‘llashi mumkin. “Mos tur” tanlovlari tavsiya natijalarini moslashtiradi.

7. Issiq takliflar

Katalogdan arzon, yaqin va oilaviy turlar alohida guruhlanadi. Bu avtomatik tasnif bo‘lib, operatorning kafolati yoki reklama reytingi emas.

8. Ko‘rish, like va ulashish

9. Comment va feedback

“Kanalga comment” faqat asl postda comment yozish mumkin bo‘lsa faol bo‘ladi va xabar Telegram muhokamasiga yuboriladi. “Feedback” ilova ichidagi suhbat bo‘lib, xabarga reply berish va reply qilingan original xabarga qaytish mumkin. Carddagi comment soni kanal commentlari va feedbacklarning umumiy sonidir.

10. Notification

Botga /start bosgan foydalanuvchi notification obunasiga qo‘shilishi mumkin. Notificationlarda faol turlar soni, davlatlar bo‘yicha statistika va eng arzon taklif ko‘rsatiladi. Pipeline notificationlari konfiguratsiya orqali yoqiladi yoki o‘chiriladi.

11. Muhim cheklov

Sun’iy intellekt yordamida ajratilgan ma’lumot 100% aniqlikni kafolatlamaydi. Narx, sana va tur tarkibini bron qilishdan oldin doimo asl e’lon va tur operatoridan tekshiring.

12. Muammo haqida xabar berish

Noto‘g‘ri ma’lumot, mualliflik huquqi, maxfiylik yoki texnik muammo bo‘yicha @izyfinderbot orqali feedback yuboring.